Bayram dasturxoni uchun sotib olingan mahsulotlar sifatini qanday tekshirish mumkin?
Yangi yilni kutib olishga sanoqli kunlar qoldi. Hamma bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun to‘kin dasturxon tuzash taraddudiga tushib qolgan. Asosiysi shuki, xaridlar ro‘yxat asosida, zarur mahsulotlar me’yorida bo‘lishi kerak. Bayram ratsioni uchun eng talabgir mahsulotlarni xarid qilishda sifatlisini tanlash borasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mas’ul vakili Umida Mansurova ma’lumot berdi. GO‘SHT…











