“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI DOIRASIDA TADBIRKORLAR BILAN MULOQOT OʼTKAZILMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o’rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Farg’ona viloyatining qo’mitaga biriktirilgan Uchko’prik va Furqat tumanlari hamda Qo‘qon shahrida o‘rganishlar amalga oshirmoqda. “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ko‘plab korxonalar faoliyati bilan tanishilib, muammo va takliflar o‘rganilib, tadbirkorlar bilan muloqot oʼtkazildi. Shuningdek, yuqoridagi tuman mahalliy…

«Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-108-son Prezident Farmoni qabul qilindi.

«Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-108-son Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonda Raqobatni taʼminlashga ko‘maklashish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Prezident: Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi. Bu yerda 1 ming 500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularning ko‘pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanadi. Davlatimiz rahbari xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi, aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Nuroniylar mahalladagi turmush tarzi, yoshlarning kasb-kori haqida so‘zlab berishdi. Yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu baraka tilab duo qilindi. Ma’lumki, mamlakatimizning…

Toshkent shahri tumanlaridagi dolzarb vazifalar ko‘rsatib o‘tildi

Davlatimiz rahbari 2019-yilda Chilonzor tumaniga tashrifi chog‘ida «Oriyent keramik» korxonasini borib ko‘rgan, uning faoliyatini kengaytirish muhimligini aytgan edi. Shundan so‘ng Sergeli tumani hududida yana bir zavod qurilib, xorijdan ilg‘or texnologiya keltirib o‘rnatildi. Korxona shu yil iyun oyida faoliyat boshlab, 450 kishi ish bilan ta’minlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning ish jarayoni bilan tanishib, mahsulotlar sifatini ko‘zdan…

Prezident poytaxtimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi “Alutex” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Mamlakatimizda muqobil energetikani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangan. Bu alyumin profillarga talabni oshirmoqda. Joriy yil may oyida “Alutex” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan oyna va quyosh panellari uchun profillar tayyorlash loyihasi ishga tushirildi. Bu korxona…

RASMIY MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Ommaviy axborot vositalarida “Nomi ochiqlanmagan tadbir uchun 1,1 mlrd sarflandi” mavzusida chop etilgan maqola yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 71-moddasi birinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan…

ICHIMLIK SUVI SIFATSIZLIGI SABABLI AHOLIGA QAYTA HISOB-KITOB QILIB BERILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Xovos tumani, Do‘stlik MFY, Tong ko‘chasi fuqarolaridan ushbu ko’chaga qarashli ichimlik suvi tarmog’idan kelayotgan suvning sifati talabga javob bermasligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaat yuzasidan boshqarma xodimlari tomonidan o’rganish ishlari olib borilib, Toshkent mintaqaviy yoʻl uzelining Suv ta’minoti va Binolarni saqlash distansiyasi…

14 MLRD SO‘MDAN ORTIQ DAVLAT XARIDLARI JARAYONIDA QONUN TALABLARI BUZILISHI ANIQLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash profilaktika muassasalari tomonidan autsorsing xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha  (issiq ovqat bilan ta’minlash) davlat xaridlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarga rioya etilganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlarda 2022-yil…

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida….

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-108-son Farmoniga muvofiq Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining bir qator funksiyalari autsorsing xizmati orqali bajariladi. Shunga binoan, Qo‘mita tomonidan: – tovar, moliya bozorlarini tahlil qilish; – tegishli bozor ishtirokchilarining ustun mavqeni…

Prezident Toshkentdagi infratuzilma loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. So‘nggi yillarda Tashkent city majmuasida ulkan inshootlar barpo etildi. Ayni paytda uning “Paxtakor” metro bekati tarafida yirik savdo markazi qurilmoqda. Davlatimiz rahbari bu yerda bo‘lib, piyodalar va avtomobillar uchun sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kelgusida harakat yanada ko‘payishini inobatga olib, Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida…