O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi. Teleko‘prik tarzida o‘tgan marosimda davlatimiz rahbari energetika sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston…

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Keng ko‘lamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashildi. Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining bosh konsulxonasini ta’sis etish, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini o‘zaro tan olish, “Agroekspress” tezkor…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati Raisi bilan muzokara o‘tkazdi

Rasmiy tashrif bilan Moskvada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuv Rossiya Hukumatining Muvofiqlashtirish markazida bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari uchinchi Hududlararo hamkorlik forumi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o‘tkazilgani, uning yakunida ikki mamlakat hududlari o‘rtasida 3,5…

O‘zbekiston Prezidenti Moskvadagi Aleksandr bog‘ida gul qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif dasturining ikkinchi kunida Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi. Kreml devorlari yonida joylashgan ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasida mardlarcha jang qilgan va halok bo‘lgan millionlab askarlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan, ajdodlarimiz jasorati va matonati ramzidir. O‘zbekiston Prezidenti yodgorlikka gulchambar qo‘yib, insoniyatning…

Sog‘lom raqobat – iqtisodiy rivojlanishning muhim omili

Biz — hammamiz iste’molchimiz. Kundalik hayot tarzimizda savdo-sotiq munosabatlarida ishtirok etamiz, turli xizmatlardan foydalanamiz. Lekin oramizda shunday insonlar ham borki, mazkur jarayonlarda qonunbuzilish holatlari, kamchiliklarga duch kelsa-da, qayerga murojaat qilishni bilmaydi yoki bilsa ham ortiqcha tashvish, deya indamay ketaveradi. Aslida, bunday bo‘lishi kerak emas. Rivojlanishni ko‘zlagan jamiyatda jamoatchilik nazorati, o‘z haq-huquqlarini talab qilish istagi birlamchi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Tojikiston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida bugungi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga erishilishida Emomali Rahmonning hissasi alohida…

O‘zbekiston Prezidenti Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbariga Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi. Kecha shu yerda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizga ushbu tadbir…

O‘zbekiston Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifning birinchi manzili – Qozon shahriga keldi. Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 6-oktabr kuni, Moskvada bo‘lib o‘tadigan…

O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga keldi

Rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozondan Moskvaga keldi. Rossiya poytaxtining “Vnukovo-2” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Rossiya davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Tashrif dasturiga…

O‘zbekiston Prezidenti Tatariston Raisi bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida Qozon shahrida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari keyingi yillarda o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Savdo va investitsiyalar hajmi oshib bormoqda. Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda, Jizzax viloyatida texnopark qurilishi davom…