O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Muzokaralar yakunida ikki…

NOSOZ MUZLATGICH DO‘KONGA QAYTARILDI

Namanganlik iste’molchi M.I. Uychi tumanida faoliyat yuritayotgan savdo do‘kondan muddatli to‘lov asosida 5 mln 200 ming so‘mga sotib olgan muzlatgichi nosoz chiqdi. Iste’molchining do‘konga murojaatidan biron natija chiqmadi. Bir tomoni undan foydalana olmay har oyda kredit pulini to‘lash kerak bo‘lsa, ikkinchi tomondan yozning issiq kunida oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatgichsiz saqlash imkoni ham yo‘qligi mazkur xonadonga birmuncha…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan xodimlar ishtirokida jamoaviy ruhiyatni shakllantirish…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan xodimlar ishtirokida jamoaviy ruhiyatni shakllantirish hamda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, maʼnaviy hordiq chiqarishga qaratilgan sayohatlar tashkil qilinib, turli koʻngilochar dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 21-avgust kunlari Qoʻmita va Qoʻmita huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK bir guruh xodimlari…

O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga amaliy tashrifini yakunladi. Budapeshtda davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. Mamlakatimiz yetakchisi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurib, uning doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan fikr almashdi. Shuningdek, Vengriyaning…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar…

TADBIRKOR MUROJAATI ASOSIDA SUV TA’MINOTI UCHUN HISOBLANGAN ORTIQCHA MABLAG‘ QAYTA HISOB-KITOB QILIB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan yana bir tadbirkorning muammosi hal etildi. Hududiy boshqarmaga “Luxury Apartments” MChJ QK tomonidan yo’llangan murojaatda, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ tomonidan jamiyatga suv ta’minoti uchun asossiz ortiqcha to’lov hisoblangani bildirilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan. Mazkur murojaatga asosan, hududiy boshqarma tomonidan o’rganish…

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: SUV HISOBLAGICHI

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: – Har oyda suv hisoblagich ko‘rsatgichi ma’lumotlarini suv idorasiga taqdim qilinmasa, suv sarfini me’yor bo‘yicha hisob-kitob qilinishi to‘g‘rimi? MUTAXASSIS JAVOBI: Axrorxon AHMEDOV, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori 2-ilovasi 100-bandida Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim…

Murojaat va natija

FUQARONING PULLARI QAYTARIB BERILDI — Farg‘ona viloyatidagi yangi uylardan biriga to‘lov qilgan edim, 90 kun ichida qurilish bitkazilib, kvartira bizga topshirilishi kerak edi. Lekin o‘z vaqtida bitkazib berilmayapti… A.Z. Farg‘ona viloyati   Nodiraxon RAHMONQULOVA, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi: — Hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilganda, iste’molchi…

QONUNGA ZID RAVISHDA O‘TKAZILGAN 4 MILLIARD SO‘MGA YAQIN TENDER SAVDOLARI BEKOR QILINDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan 2023-yil 14-iyunda 271197-sonli lot bilan boshlang‘ich qiymati 3 808 720 087 so‘mlik Navbahor tuman bo‘limi binosini ta’mirlash www.etender.uzex.uz  elektron portaliga joylashtirilgan e’lon asosida buyurtmachi xarid komissiyasining joriy yil 23-iyundagi elektron yig‘ilish bayoniga muvofiq, ishtirokchi “Quruvchi ta’mirchi-2019” MChJ elektron tanlov savdosi g‘olibi deb e’tirof etilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar…

ISTE’MOLCHIGA 66 MLN SO‘M MABLAG‘ QAYTARILIB BERILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan yana bir fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro A.Soliyev, “Qurilish Montaj Kompressor” MChJ bilan Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy-joyning 32 m2   maydonga ega bo‘lgan xonadonni 24 oy ichida qurilib topshirilishi yuzasidan 2019-yilda rasmiylashtirilgan shartnomaga asosan dastlabki investitsion badal to‘lovi sifatida to‘langan…