Prezident yirik savdo markazini borib ko‘rdi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazini ko‘zdan kechirdi. Majmua ko‘p funksiyali bo‘lib, zamonaviy tijorat va xizmat turlarini qamrab olgan. 5 qavatda savdo do‘konlari, restoran va kafelar, ko‘ngilochar o‘yinlar va sport maydonlari joylashgan. Yer ostida 2 qavatli avtoturargoh bor. Markazda dunyoning eng oldi brendlari shoxobchalarini ochgan. Ular orasida birinchi marta O‘zbekiston bozoriga kirib…











