O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti Dushanbega jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi va boshqa tadbirlarda ishtirok…

TADBIRKORLAR VA QURILISH MATERIALLARI BOZORI ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA!

➡️ Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq «Biz sizni eshitamiz» loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. 📌 Qo‘mita tomonidan “Biz sizni eshitamiz!” loyihasi doirasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari bozorida xo’jalik yurituvchi subyektlar bilan sohaga oid olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, shuningdek sohada mavjud tizimli…

Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu boradagi istiqbollar belgilanib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingida TOP-30 talikka kirish vazifasi qo‘yildi. Ma’lumki, bu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahrida bo‘ladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining beshinchi uchrashuvi kun tartibidan mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, qishloq…

– Tashqi reklama nima?

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: – Tashqi reklama nima? Sherzod Maxamadaliyev, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i MUTAXASSIS JAVOBI: – Tashqi reklama — nomuayyan shaxslar doirasi ko‘rishi uchun mo‘ljallangan, tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashtiriladigan grafikli, matnli yoki boshqa reklama, «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun.

Yo‘l xo‘jaligi sohasi yangicha yondashuv asosida rivojlantiriladi

rezident Shavkat Mirziyoyev 12-sentabr kuni yo‘l xo‘jaligi tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi 6 yilda mamlakatimizda yo‘llar qurish va ta’mirlashga ajratilayotgan mablag‘lar 3 karra oshgan. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod maxsus texnika xarid qilingan. Bular orqali 65 ming kilometr yo‘llar qurilgan va ta’mirlangan. O‘tgan yildan “Mening yo‘lim” loyihasi ham boshlanib,…

Qo‘mitaga murojaat qilgan 6 nafar fuqarolarga 53 mln so‘mga yaqin sug‘urta to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Hayot turli tasodiflarga to‘la, gohida ko‘cha-ko‘ylarda avtomobillarning to‘qnashib ketishi kabi baxtsiz hodisalarga ham guvoh bo‘lamiz. Shundan so‘ng avtomashinalarni ta’mirlash uchun pul sarflash, vaqt ketkazish kabi tashvishlar boshlanadi. Avtomobillarni qayta ta’mirlashda sug‘urta to‘lovlari moddiy jihatdan birmuncha ta’minlaydi. Albatta, buning uchun fuqaro avvalo sug‘urtalangan bo‘lishi lozim. Ammo shunga qaramay,  ba’zida yo‘l-transport hodisasiga uchraganlarning sug‘urta pullari kechikadi, yoki…

REKLAMA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHLARI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi  doirasida mutasaddi vazirlik va idoralar, reklama bozorining yirik subyektlari, tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) egalari, reklama agentliklari, reklama beruvchi va tarqatuvchilar, ommaviy axborot vositalari uchun “Reklama bozorini rivojlantirishning yangi bosqichlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. USHBU TADBIRDA JAMOATCHILIK…