O‘zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Butunjahon iqlim sammiti doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu nufuzli moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari joriy yil may oyida Samarqandda o‘tgan YTTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishining samarali natijalarini yuksak baholadi. Bankning mamlakatimizdagi investitsiyalari…