O‘zbekiston Prezidenti “Air Rrodusts” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi joriy va istiqbolli loyihalarni muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Dubay shahrida “Air Rrodusts” kompaniyasi boshqaruvi raisi Seyfi Gasemini qabul qildi. Kompaniya bilan hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbariga joriy loyihalarning borishi va yangilariga tayyorgarlik holati taqdimot qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti “SWS” kompaniyasi bilan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni BAAning “SWS” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ahmad Al-Shamsiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kompaniyaning O‘zbekiston hududlarida suv ta’minoti va suvni tozalash sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, bunda xalqaro sheriklarni, shu jumladan Fransiyaning “SUEZ” va Yaponiyaning “Marubeni” kompaniyalarini jalb qilish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti “Amea Rower” kompaniyasi bilan hamkorlik rejalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifning ishbilarmonlik dasturidagi navbatdagi uchrashuvini “Amea Rower” kompaniyasi raisi Husayn Al-Novays bilan o‘tkazdi. Mamlakatimizda, eng avvalo, “yashil” energetika va turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Kompaniyaning O‘zbekistonda faoliyat yuritish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.  

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi kompaniyalarining ushbu mamlakat investitsiya vaziri, “ADQ” xoldingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan Al-Suvaydiy boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda  “TAQA” kompaniyasi rahbari Jasim Husayn Tabet va “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil Al-Ramahiy ham qatnashdi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi qo‘shma…

O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahriga amaliy tashrif doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Kommunikatsion texnologiyalar, farmatsevtika, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, an’anaviy tibbiyot va yoga sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga alohida…

O‘zbekiston Prezidenti cho‘llanishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammit doirasida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘tgan oyda Samarqand shahrida dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlari delegatsiyalari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan BMTning Cho‘llanish bo‘yicha konvensiyasini amalga oshirish qo‘mitasining 21-sessiyasi sermahsul bo‘lgani katta mamnuniyat…

O‘zbekiston va Indoneziya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Dubay shahridagi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Barcha darajalardagi o‘zaro muloqotlarning bugungi holati va ikki tomonlama savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarali hamkorlikni, shu jumladan iqtisodiy sohada “yo‘l…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Suhbat Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Keng ko‘lamli strategik sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lajak oliy…

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish borasidagi navbatdagi qadamlarni kelishib oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni BAAga amaliy tashrif doirasida Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘tgan yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tgan uchrashuv kelishuvlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Chorvachilik,…

O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Podshohi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Rioyatuddin Al-Mustafo Billoh Shoh bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi munosabatlarni, eng avvalo, iqtisodiy sohada yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, iqtisodiyotning…