Prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga
Hurmatli prokuratura xodimlari! Muhtaram faxriylar! Avvalo, siz, aziz qonun posbonlarini 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha islohotlarimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Qonun hukmron bo‘lgan jamiyatda albatta adolat, siyosiy-ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va…