GAZ UCHUN ASOSSIZ OLINGAN 122 MLN SOʻM MABLAGʻ QAYTARILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish jarayonida ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda. “Xovos tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasining 08.09.2023-yildagi 159-sonli murojaatida iste’mol qilingan tabiiy gazga 2022-yil iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr oylari uchun…

Iste’molchi to‘lagan pullarini qaytarib oladimi?

Eldor DEHQONOV, Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Qo‘g‘ay” mahallasi raisi: — Mahalla xodimlari aholidan kommunal to‘lov­larini undirishda soha xodimlariga yordam be­ramiz. Ba’zida inspektorlar uyma–uy yurib, iste’molchilardan qarzdorlik uchun mablag‘ oladi va kvitansiya yozib beradi. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tgach, iste’­molchiga to‘lov amalga oshirilgan oylar uchun yana qarzdorlik hisoblanadi. Tekshiruvlarda inspektor yozib bergan kvitansiyadagi mablag‘ amalda hisob raqamga kelib…

Davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari kimlar hisoblanadi?

Fuqaro savoli: Davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari kimlar hisoblanadi?  Javob: Davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortig‘i bevosita yoxud bilvosita davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/docs/-6518381

Bank orqali 89 mln so‘mga sotilgan avtomashina to’lovi fuqaroga to‘liq undirib berilishi ta’minlandi

Bugungi kunda avtomashinalarni xarid qilish hamda sotishning bir qancha oson yo‘llari bor. Ulardan biri ikkilamchi bozorda tijorat banklari orqali avtomashinani sotish va sotib olish. Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro “Kapital bank” ATB Qarshi shahar filiali bilan shartnoma tuzib, aynan ikkilamchi bozor orqali shaxsiy avtomashinasini 89 mln so‘m evaziga boshqa bir fuqaroga sotgan, ammo tijorat banki…

“Sifat – bu ishonch. Biz sifat tarafdorimiz!” mavzuida mahorat darsi

9-noyabr – Butunjahon Sifat kuni (World Quality Day) bo‘lib, mamlakatimizda qator yillardan buyon nishonlanib kelinmoqda. Sifat kuni  Yevropa sifat tashkiloti (EOQ) tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ko‘magida 1989-yil tasdiqlangan. Shundan buyon har yili noyabr oyining ikkinchi payshanbasi 80 dan ortiq  mamlakatlarda Sifat kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Asosiy maqsad tovar va xizmatlar sifatining muhimliligini oshirish hamda sifat muammolariga e’tibor qaratishga yo‘naltirilgan. Raqobatni rivojlantirish…

O‘zbekiston va Italiya Prezidentlari strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish rejalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella “Ko‘ksaroy” qarorgohida ikki tomonlama muzokara o‘tkazdilar. Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, Italiya Prezidentining ushbu tashrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida muhim voqea ekanini ta’kidladi. Serjo Mattarella O‘zbekiston yetakchisiga taklif hamda Italiya delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun dildan minnatdorlik bildirdi. Italiya Prezidenti Yangi…

Italiya Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

10-noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Italiya Prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasi samimiy qarshi oldilar. Harbiy orkestr ikki davlat…

Buxoro viloyatidagi tashqi yozuvlar, reklama, e’lon va peshlavhalar o‘rganilmoqda

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining Buxoro viloyatidagi ijrosi, shuningdek, tashqi yozuvlar (peshlavha, e’lon va axborot matnlari)ning davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhi a’zosi – Raqobat qo‘mitasi raisi maslahatchisi G.Qodirova hamda viloyat hokimining maslahatchisi A.Rustamov Buxoro viloyatidagi tumanlarga tashrif buyurdi. Ishchi guruh tomonidan: Savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari hamda tashqi reklama vositalarining…

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va hosildorlikni oshirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Dunyodagi bugungi ziddiyatlar, savdodagi cheklovlar iqtisodiyotda o‘z aksini topmay qolmaydi. Jumladan, bu omillar oziq-ovqat va to‘qimachilik eksportiga salbiy ta’sir qildi. Bu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga…

Italiya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella 9-11-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. O‘zbekiston Prezidentining joriy yil iyun oyidagi Italiyaga tashrifi…