RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN RESPUBLIKA KESIMIDA ISTE’MOLCHILARNING AVTOMASHINALARNI XARID QILISHDAGI MUAMMOLARI O‘RGANIB BORILMOQDA
Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida fuqarolardan avtomobillar, ularni sifati, yetkazib berish muddatlarining kechikishi, ehtiyot qismlaridagi nosozliklar va ularni kafolat muddatida ta’mirlashda muammolar yuzaga kelgani bo‘yicha 900 ga yaqin tushgan murojaatlarini ijobiy hal etdi. Navoiy viloyati misolida Hududiy boshqarmaga avtomobil sohasiga oid kelib tushayotgan yechimtalab murojaatlardan biri Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi…











