Raqobat qo‘mitasining aralashuvi bilan qurilish shartnomasi bo‘yicha fuqarolarga qaytarib berilmayotgan to‘lov summalari to‘liq qaytarilishi ta’minlandi

Raqobat qo‘mitasining aralashuvi bilan qurilish shartnomasi bo‘yicha fuqarolarga qaytarib berilmayotgan to‘lov summalari to‘liq qaytarilishi ta’minlandi Raqobat qo‘mitasiga fuqarolar P.M. va M.F. tomonidan yo‘llangan murojaatda so‘nggi yillarda tez-tez uchrayotgan muammolardan biri — qurilish sohasidagi shartnomalar bajarilmasligi masalasi ko‘tarilgan. Murojaatda, fuqarolar “GRAND COMFORT BUILDING” MChJ bilan 2023-yilda “RABAD” savdo markazi qurilishida ishtirok etish maqsadida shartnoma imzolagan. Shartnoma…

Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 1 922 ta murojaatlar kelib tushgan

#Kun_raqami Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 1 922 ta murojaatlar kelib tushgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 2.4 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.

“Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish hamda “Iste’molchi murojaati” elektron tizimida ishlash bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarini o‘qitishga qaratilgan maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktyabrdagi PQ-296-son “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, “Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish hamda “Iste’molchi murojaati” elektron tizimida ishlash bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarini o‘qitishga qaratilgan…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolardan savdo, ta’lim, chiqindilarni tashib ketish va moliyaviy xizmatlar…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolardan savdo, ta’lim, chiqindilarni tashib ketish va moliyaviy xizmatlar borasida tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, iste’molchilarning huquqlari himoya qilinmoqda. Hududlar kesimida misollar 🔘Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasiga Nukus shahrida istiqomat qiluvchi Q.U.ning yo‘llagan murojaati kelib tushdi. Fuqaro murojaatida “Mir mobile” do‘konidan xarid qilgan Samsung A26 markali qo‘l telefoni yaroqsizligi sababli yangisiga almashtirishda yoki avvaldan to‘langan…

Suyultirilgan gaz mahsuloti realizatsiyasi holati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot

Suyultirilgan gaz mahsuloti realizatsiyasi holati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot Propan narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan choralar natijasida, birjada o‘rtacha narxlar 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mgacha yoki 18 foizga pasaydi. 2025-yil noyabr-dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sun’iy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik maqsadida raqobatga zid bo‘lgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2025-yil noyabr -dekabr oylarida bozor ishtirokchilariga ushbu davrda yuzaga kelgan metan gaziga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2025-yil noyabr -dekabr oylarida bozor ishtirokchilariga ushbu davrda yuzaga kelgan metan gaziga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar holatidan foydalangan holda suyultirilgan gaz narxlarni asossiz oshirmaslik bo‘yicha profilaktik maqsadlarda ogohlantirishlar yuborilgan edi. Shunga qaramasdan, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan adolatli bozor prinsiplariga zid ravishda narxlarni asossiz oshirilishiga sabab bo‘luvchi manipulyatsiya va muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari kuzatilmoqda. Aniqlangan…

Raqobat qo‘mitasi ichki bozorda suyultirilgan gaz (propan) mahsuloti realizatsiyasida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Raqobat qo‘mitasi ichki bozorda suyultirilgan gaz (propan) mahsuloti realizatsiyasida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. Birja savdolarida 2025-yilda jami 358 ming tn suyultirilgan gaz sotilgan. Bunda, sotilgan mahsulotning 61 foizi (219 ming tn) mahalliy va 39 foizi import mahsulot hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘rsatkich yanvar-iyul oylarida o‘rtacha 80 foizgachani tashkil etgan bo‘lsa,…

Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 4 221 ta murojaatlar kelib tushgan

#Kun_raqami Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 4 221 ta murojaatlar kelib tushgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 1.5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan.

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga moliyaviy xizmatlar, kommunal va savdo sohalarida fuqarolardan tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga moliyaviy xizmatlar, kommunal va savdo sohalarida fuqarolardan tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda. Hududlar kesimida misollar Andijon viloyati Hududiy boshqarmaga Andijon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.D. tomonidan shikoyat arizasi kelib tushgan bo‘lib, unda “Ishonch” do‘konida plastik karta orqali savdo qilinganda 4 marotaba 45 ming so‘mdan jami 180 ming so‘m asossiz…

Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 1 847 ta murojaatlar kelib tushgan.

#Kun_raqami Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 1 847 ta murojaatlar kelib tushgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan.