Yevropa xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi bilan uchrashuv
Bugun Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori o‘rinbosari G‘. Xoljigitov va Yevropa xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (ECIPE) direktori Filipp Lamprext o‘rtasida Zoom-uchrashuvi German Sparkassenstiftung for International Cooperation ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini, ekspertlarni xalqaro loyihalarga jalb qilishni, shuningdek memorandum imzolashni muhokama qildilar.











