“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kinochilar saroyini borib ko‘rdi. Ushbu maskan 2021-yil mukammal ta’mirlanib, sharoitlari yangilandi. Katta-kichik zallar, yozgi kinoteatr va xonalar zamonaviy jihozlandi. Bugun bu yerda jami 3 ming nafar tomoshabinni qabul qilish imkoni mavjud. Davlatimiz rahbari dastlab O‘zbekiston kino san’ati muzeyini ko‘zdan kechirdi. Muzey 1972-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ilgari muzey-arxiv sifatida faoliyat yuritgan. Unda ellik…