O‘zaro hamkorlik tadbirlari doirasida Raqobat qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev Germaniya Federal kartel idorasi (Bundeskartellamt) eksperti Sabina Sigelskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda, shuningdek, German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkilotining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat yo‘nalishi rahbari Liya Grauberger ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida joriy yil 27-29-may kunlari German Sparkassenstiftung tashkilotining texnik ko‘magi doirasida Germaniya Federal kartel idorasi (Bundeskartellamt) tomonidan Qo‘mita xodimlari malakasini oshirig uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarining yakunlari muhokama qilindi hamda istiqbolda shu kabi amaliy o‘quv seminarlari va treninglar o‘tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.
Shu bilan birga, Qo‘mita hamda Germaniya Federal kartel idorasi (Bundeskartellamt) o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda hamkorlikdagi ishlarni muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida Qo‘mita raisi Halillilo Turaxujayev mehmonlarni o‘quv seminari tashkil etilishda