“MAKON MARKETING FORUM 2024” VII XALQARO MARKETING BIZNES-FORUMI

“YIL BRENDI 2023” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar ekspert hay’ati va iste’molchilar ovoz berishi natijalariga ko‘ra 25 ta nominatsiya va maxsus sovrinlar bo‘yicha mukofotlandilar. «Yil brendi» mukofoti – o‘tgan yilda O‘zbekistonda esda qolarli marketing yutuqlariga ega bo‘lgan, iste’mol bozorining barcha tarmoqlariga mansub eng muvaffaqiyatli brendlar uchun har yilgi eng yirik mukofot.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Ayollar biznesini qoʻllab-quvvatlash» uchrashuv-muloqoti boʻlib oʻtdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan 17-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi  Bosh vaziri oʻrinbosari Zulayho Mahkamova boshchiligida oʻtgan uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Axmedova, Raqobat qoʻmitasi…

Malayziya Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

O‘zbekiston-Malayziya sammiti yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Anvar Ibrohim Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdilar. Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakat yetakchilarining O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qat’iy intilishining ramzi bo‘ldi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo’mita raisi o’rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo’mita raisi o’rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Mazkur sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo’jalik yurituvchi subyekt vakillari ham ishtirok etdi. Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ustun mavqega ega xo’jalik…