Mo‘g‘uliston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasiga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Xususan, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan 21.06.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovichni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga sayladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan 21.06.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovichni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga sayladi. To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovich 1972-yil 21-yanvarda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, «Do’stlik» ordeni sohibi. 1992-2008 yillar O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda, xususan, Oliy sud sudyasi, Fuqarolik…

ISTE’MOLCHIGA 112 MLN SO‘M MABLAG‘ TO‘LIQ QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro «FAVORITE-SERVICE» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan norozi bo‘lib Raqobat qo‘mitasiga murojaat yo‘llagan. Fuqaro 2023-yilda TRACKER rusumli avtomashinasini sotib olish maqsadida shartnoma imzolagan va 112 000 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Biroq, oilaviy sharoiti tufayli, 2024-yilning 16-fevralida shartnomani bekor qilish va to‘langan mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida kompaniyaga murojaat qilgan. Murojaatdan so‘ng bir…

Muhandislik sohalarida ilm va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha muloqot bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Dunyoda raqobat kuchaygan bugungi zamonda mamlakatimiz ichki resurslarga tayanib, industrial rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Yiliga 3 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilib, 150 ming atrofida ish o‘rni yaratilayapti. Joriy yilda davlat investitsiya dasturlari asosida 21…

Muhandislik kasblari ta’limi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida bo‘ldi. Ushbu texnopark uch yil oldin bunyod etilgan. Bu yerda sanoat sohalarini rivojlantirish uchun innovatsion g‘oya va ixtirolar ishlab chiqiladi. Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Har yili 15 ming nafarga yaqin talaba va o‘quvchilar ishtirokida seminar, amaliy…

TOVAR YOKI MOLIYA BOZORLARIDA XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING USTUN MAVQEINI E’TIROF ETISH 

2024-yilning birinchi besh oyi davomida, Raqobat qo‘mitasi tomonidan tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeini e’tirof etish bo‘yicha keng qamrovli tahlillar o‘tkazildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etildi. Xususan, “Temiryo‘lekspress” va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJlar (shaxslar guruhi sifatida) temir yo‘llar orqali yo‘lovchi tashish xizmatida; “Shahar…

Diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi. Barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini har tomonlama himoya qilish ko‘p millatli O‘zbekistondagi yangilanishlarning asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Shunday ajralmas huquqlardan biri – din erkinligidir. Mamlakatimizda e’tiqod qiluvchilar ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ta’kidlash joizki, Yangi O‘zbekiston siyosati nafaqat xalqimiz orasida, balki…

Tuman va shaharlarning master rejalari yuzasidan axborot berildi

Davlatimiz rahbari tuman va shaharlarning master rejalarini ishlab chiqishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda joriy yil 16-yanvarda bo‘lib o‘tgan iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Mutasaddilar shu borada qilingan dastlabki ishlar, master rejalardan kutilayotgan natijalar to‘g‘risida axborot berdi. O‘tgan vaqtda 14 ta tuman va shahar bo‘yicha master reja ishlab chiqilgan. Ularda…

Zargarlik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tayyor mahsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimot qilindi. Yurtimizda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun juda katta salohiyat bor. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda qazib olinayotgan oltinning atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yo‘g‘i 78 million dollarlik eksport bo‘layotgani qayd…

Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. O‘quvchilarning fanlarga qiziqishi va o‘rganishi ko‘p jihatdan murabbiylarning bilim va mahoratiga bog‘liq. Shu bois pedagoglarning malakasini oshirishga zarur sharoit yaratilib, baholash tizimi takomillashtirib borilmoqda. Mutasaddilar avvalo shu haqda axborot berdi. Qayd etilganidek, attestatsiyada ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi tartib…