O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi bilan keng ko‘lamli sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida tashqi…

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 2-iyun kuni amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahrida (Qirg‘iz Respublikasi) bo‘ladi. Tadbirda mintaqamiz davlatlarining rahbarlari va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy…

1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI!

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʻubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Shu munosabat bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan Qoʻmita xodimlari farzandlari oʻrtasida shaxmat, shashka, badminton va stol tennis kabi sport turlari bo’yicha turli musobaqalar tashkil etildi. Qoʻmita raisi Sh.Sharaxmetov tomonidan barcha bolalarga esdalik sovgʻalari hamda musobaqalarda…

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuniga bag’ishlangan seminar

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati va buyurtmachi tashkilotlar tomonidan mazkur qonunni qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar va qonunbuzilishlar holatlarini kamaytirish maqsadida Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘quv seminari o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: Hududiy boshqarmasi tomonidan 2023 yil yanvar-aprel oylari davomida jami…

ISHCHI GURUH O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA

❇️ Joylarda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashgan holda ularning muammo va takliflari tinglanib, qo‘llab-quvvatlansa, bandlik masalasini hal qilish uchun imkoniyatlar yanada ko‘payadi. “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ham ayni shu masalalar yechimiga xizmat qiladi. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarni himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh “Fazman…

«Dam olish-davolanish-bilim olish-malaka oshirish» loyihasi

🔰 «O’zbekiston» fondi tomonidan joriy yil 28-maydan  8-iyunga qadar Kislovodsk shahrida tashkil etilayotgan «dam olish-davolanish-bilim olish-malaka oshirish» loyihasida vazirlik va idoralarning 40 nafar xodimlari qatnashmoqda. ❇️ Unda Raqobat qo’mitasining xodimlari ham ishtirok etishmoqda. ✅ Loyiha doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq iqtisodiyoti va davlat xizmati akademiyasi (РАНХиГС)ning professor-o’qituvchilari va ekspertlar tomonidan ma’ruza va suhbatlar…

RASMIY MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan https://t.me/Samarqand_live telegram kanalida xonanda Sevinch Mo‘minovaning konsert dasturi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Mazkur axborotda, joriy yilning 25 may kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan markaziy istirohat bog‘ida xonanda Sevinch Mo‘minovaning konsert dasturi rejalashtirilganligi, biroq mazkur konsert dasturida xonandaning ishtirok etmaganligi ma’lum…

Yana bir tadbirkorga ko‘maklashildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida faoliyat olib borayotgan “Kumush kuz fayzi” MCHJning murojaati kelib tushgan. Mazkur murojaatda “Kumush kuz fayzi” MCHJning o‘z ehtiyojiga parrandalarga ozuqa uchun Rossiyadan temir yo‘l orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xizmatida foydalangan holda “Omuxta yem” (GNG kodi 23099096) olib kelganligini, biroq yuklarni rasmiylashtirish jarayonida temir yo‘lda yuklarni…

Rasmiy munosabat

Kun.uz (onlayn nashr) orqali “Tizim yaxshi ishlamasligi oqibatida qimmatchiga chiqyapmiz — dorixonachilar Raqobat qo‘mitasidan norozi” mavzuida (https://kun.uz/news/2023/05/22/tizim-yaxshi-ishlamasligi-oqibatida-qimmatchiga-chiqyapmiz-dorixonachilar-raqobat-qomitasidan-norozi) yoritilgan material yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–411-sonli qaroriga muvofiq, 2023–yil 1–maydan…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutladi. Saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari do‘st Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etildi.…