O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi “Amer International” kompaniyasi raisini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Amer International” industrial-sanoat xoldingi raisi Van Veninni qabul qildi. Xitoyning yetakchi konglomeratlaridan biri bo‘lgan “Amer International” yuksak texnologiyalar, elektronika, yarimo‘tkazgichlar sanoati, konchilik va qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya “Fortune 500” global reytingiga kirgan. Xitoyda va uning tashqarisida umumiy…











