O‘zbekiston Prezidenti “BYD” kompaniyasining mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarishni to‘liq yo‘lga qo‘yish rejalarini qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi prezidenti va asoschisi Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ta’kidlash joizki, “BYD” kompaniyasi zamonaviy elektromobillar va yangi avlod akkumulator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global yetakchi hisoblanadi. Bir yilda 2 million dona mashina ishlab chiqaruvchi ushbu konsern dunyo avtomobil sanoati rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilab bermoqda.…













