VAZIRLIKLAR, IDORALAR VA MAHALLIY HOKIMLIKLAR XODIMLARI UCHUN O‘QUV-SEMINARI TASHKIL ETILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusidagi navbatdagi  o‘quv-seminarida vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklardagi monopoliyaga qarshi komplayens tizimiga mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Unda asosiy e’tibor qonunchilik hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish…

RASMIY MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda “1 tiyin kamroq taklif qilib yutib ketish sirlari” deb nomlangan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. “Universal mobile systems” (Mobiuz) MChJ tomonidan 2023 yil 11 may kuni etender.uzex.uz sayti orqali Namangan shahri uchun Mobil radio tizimi tarmog‘i obyektlarida namunaviy loyihalar bo‘yicha metall konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish-montaj ishlari…

BIRJA SAVDOLARIDA ETIL SPIRTI XARIDINING NAZORATI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan topshiriqqa muvofiq tadbirkorlik subyektlarning yillik ishlab chiqarish quvvati uchun spirtga bo‘lgan talabi hamda birja savdolari orqali xarid qilingan spirt miqdorining hisobini yuritish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlardan iste’mol va texnik etil spirtiga bo‘lgan yillik talablarini asoslovchi hujjatlari (tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlarini ilova…

NOHALOL RAQOBATGA YO‘L YO‘Q

So‘nggi vaqtlarda mahsulot sifati hamda standart talablarga javob berishi bilan nom qozongan brend va logotiplarning boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan “o‘g‘irlanishi” holatlari ham kuzatilmoqda. Bu esa raqobatning nohalol bo‘lishiga, isteʼmolchilar o‘rtasida o‘sha brend mahsulotlariga ishonchsizlikning shakllanishiga olib keladi. “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga asosan insofsiz raqobat xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda…

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Asrlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti jonajon Vatanimizda o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va shukronalik fazilatlarini yanada mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shmoqda. Ushbu ulug‘ ayyomning ma’naviy hayotimizdagi muhim ahamiyatini e’tiborga olib hamda uni mamlakatimizda munosib nishonlash maqsadida: 1. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun –…

QOZON SHAHRIDAGI XALQARO MIQYOSIDAGI O‘QUV KURSI

Qo‘mitaning Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmati xodimlari Qozon shahridagi Xalqaro miqyosidagi o‘quv kursida ishtirok etishmoqda.Ushbu o‘quv kursi 19-20 iyun kunlari Rossiya Federal monopoliyaga qarshi kurashish xizmatining O‘quv-uslubiy markazida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘quv dasturida ko‘plab davlatlarning Monopoliyaga qarshi organlarining Axborot xizmati xodimlari ishtirok etmoqda.O‘quv kursida jamoatchilik bilan aloqalarini tashkil etish, OAVlar bilan yangi formatda ishlash,…

O‘zbekiston Prezidentining Eronga tashrifi ikki tomonlama hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Tashrif davomida O‘zbekiston rahbari Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar hamda mamlakatning Oliy diniy rahbari Said Ali Xomaneiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi. “Mehrobod” xalqaro aeroportida…

O‘zbekiston Prezidenti Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari Eron zaminida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Do‘stona suhbatda tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish…

O‘zbekiston Prezidenti Eronning ilmiy-texnik yutuqlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Tehron shahrida innovatsiyalar va texnologiyalar ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va boshqa rasmiy shaxslar hamrohlik qildi. Ko‘rgazmada Eronning yirik ilm-fan va ishlab chiqarish kompaniyalarining yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, mashinasozlik, uskunasozlik, tibbiy texnika, farmatsevtika, zamonaviy qurilish materiallari, to‘qimachilik tarmoqlaridagi mahsulotlari…

O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Bundan tashqari, tashrif doirasida hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Hukumatlar o‘rtasidagi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga…