Prezident kitobsevar bolalar bilan suhbatlashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbari faoliyatining ilk kunlaridan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. 2017 yilda kitoblar nashr etishni rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha Prezident farmoyishi qabul qilingan edi. Kitobxonlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Bu siyosatning yana bir ifodasi sifatida yaqinda Respublika bolalar kutubxonasi yangilandi. 1907-yilda qurilgan…







