O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan parlamentlararo muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Turkiya rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar,…

QO‘MITA MUTAXASSISLARI GRUZIYADAGI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDALAR

Joriy yil 19-27 iyul kunlari Gruziya Respublikasida Gruziya milliy intellektual mulk markazi(SAKPATENTI) va AQSHning Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi(CLDP) hamkorligida tashkillashtirilgan 7-yillik Xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda. Unda O’zbekiston Respublikasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mutaxassislari ham ishtirok etmoqdalar.  Xalqaro konferensiyani jonli kuzatish

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va katta muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbatda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli…

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 24-iyul kuni o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va o‘zaro savdoni ko‘paytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va…

Qozog‘iston rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 24-iyul kuni telefon orqali muloqot qildilar. Qozog‘iston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Yetakchilar yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.…

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladi. Suhbatda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Sanoat, avtomobilsozlik,…

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti bilan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish…

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan 24-iyul kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Turkmaniston amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi. Suhbatda o‘zaro savdoni ko‘paytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu…