TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI VA UY-JOY SHAROITLARINI YAXSHILASHGA MUHTOJ SHAXSLAR DIQQATIGA!!!

Ipoteka kreditlash koʻlamini yanada kengaytirish, xususiy pudratchilarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, uy-joy sharoitlari, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarini urbanizatsiya jarayonini jadallashtirishda kam taʼminlangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditlash mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” 2019-yilning 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni imzolangan. Ushbu Farmonning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga…

Davlat xizmatchilari huquqiy va ijtimoiy himoyada

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi inson qadrini yuksaltirish, xalqparvar davlat barpo etishga oid ustuvor maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlash davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishni talab etmoqda. Yurtimizda bu borada olib borilayotgan tizimli islohotlarning navbatdagi amaliy natijasi o‘laroq, 2022-yilning 8-avgustida Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning qabul…

Qo‘mita rahbariyati va “Yandex” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʼlib o‘tdi

Bugun 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi binosida Qo‘mita rahbariyati va “Yandex” kompaniyasining xorij bozorlarida davlat idoralari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Yevgeniy Shumilov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʼlib o‘tdi. Uchrashuvda “Yandex” kompaniyasi vakillari kompaniyaning O‘zbekistonda olib borayotgan faoliyati va uning istiqboldagi rejalari bilan tanishtirishdi. Xususan, “Yandeks Go” xizmatlari platformasini raqamlashtirish va unda…

2,3 mlrd.so’mga yaqin mablag’lar fermerlar foydasiga hal qilindi

Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyatini tartibga solib borish, ularning mazkur sohadagi tabiiy monopoliya holatidan foydalanib, ustun mavqeni suiste’mol qilmasligi uchun Monopoliyaga qarshi organ tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlari va qo’llanilgan tariflarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan…

Joriy yil 9 oy davomida iste’molchilardan jami 3 mlrd.so’mdan ortiq mablag’ olingani aniqlandi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5817-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi huzuridagi Iste’molchillar huquqlarini himoya qilish agentligi…

#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan “Shahrisabz shahridagi viloyat teri-tanosil kasalliklari shifoxonasini joriy ta’mirlash tanlovidagi komissiya, bal berishda katta xatoliklarga yo’l qo’ydi” sarlavhali maqolasi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Fuqaro M.N.Muzaffarov 2022-yil 6-oktabrda Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga Qashqadaryo viloyat teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi tomonidan Shahrisabz shahridagi teri tanosil kasalliklari shifoxonasini joriy ta’mirlash uchun…

“TAF! 2022” toʻrtinchi Toshkent reklama festivali bo‘lib o‘tdi

21-23-oktabr kunlari Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida xalqaro reklama konferensiyasi, ABC show, eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, shuningdek, brending ekspertlarining mahorat saboqlari va birinchi “TAF!OpenDay” bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Marketing Uyushmasi tomonidan respublikamizda reklama bozorini va zamonaviy marketing xizmatlari koʻrsatish darajasini yanada oshirish maqsadida 2016-yildan buyon tashkil qilinayotgan “ADWEEK”…

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Respublika tanlovi gʻolibi

“Oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir” Sh.M.Mirziyoev Haqiqatdan ham bu boylikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bor latofati bilan yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz deb bilamiz. Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” Respublika tanlovida Monopoliyaga qarshi…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi joriy yilning 20-oktabr sanasida, Qo‘mita binosida Jahon Banki vakillari bilan “Institutsional salohiyatni oshirish missiyasi” dasturi doirasida uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Jahon Banki vakillari, Mariana Iotti xonim (bosh iqtisodchi), Gauhar Ospanova xonim (xususiy sektor bo‘yicha mutaxassis), janob Yerali Beksultan (xususiy sector bo‘yicha bosh mutaxassis), Davida Konnon xonim (xususiy sektorni rivojlantirish…

“UzAuto Motors” АJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalarga bildirilgan tanqidiy fikrlarga munosabat

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi hamda Qoʼmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Аgentligiga “UZAUTO MOTORS” АJ boʼyicha, joriy yilning oʼtgan davrida jami 180 dan ortiq (avtomobillarni shartnomada belgilangan muddatlarda yetkazib berilmasligi, shartnoma shartlarini bir tomonlama bekor qilinishi, nuqsonli avtomobillarning yetkazib berilishi va boshqa holatlar yuzasidan) kelib tushgan murojaatlarga hamda ommaviy axborot vositalarida (Spark va Nexia-3 avtomashinasi…