O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi 18 may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralardan boshlandi. Uchrashuv ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Sian shahridagi “Shensi” qarorgohida o‘tdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin dastlab davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, mamlakatimizda Konstitutsiyani yangilash bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan dildan tabrikladi va O‘zbekistonda…