O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan parlamentlararo aloqalarni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Qirg‘iziston parlamenti raisi davlatimiz rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng…