O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSHning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, ta’lim, “yashil”…