XALQARO HAMKORLIK

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari, Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining 1-chi Sammiti hamda 12-chi Seul Xalqaro raqobat Forumida ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida, bugun, 2023-yil 7-sentyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini…

O‘zbekiston Prezidenti BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuyni qabul qildi. Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi yuqori darajali mehmonni Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetakchi tarmoq tuzilmasi rahbari etib qayta saylangani bilan qutladi hamda shu kunlarda Samarqand shahrida…

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi bilan strategik sheriklikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxu Gyon Xo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Bosh vazir o‘rinbosari Chxu Gyon Xo davlatimiz rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti…

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, xonimlar va janoblar! Siz, azizlarni qadimiy va go‘zal Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyaning ochilishi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mazkur anjumanda dunyoning 32 ta davlatidan 620 nafardan ziyod xorijiy mehmon hamda 30 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotdan vakillar qatnashayotgani unga jahon miqyosidagi katta qiziqish va e’tibordan dalolatdir. Albatta, ushbu konferensiya…

ISTE’MOLChIDAN SAVOL:

– Yashirin reklama nima va uni qanday ajratish mumkin? MUTAXASSIS JAVOBI… Sherzod Maxamadaliev, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i. YASHIRIN REKLAMA  — reklamadan foydalanuvchining idrokiga uning o‘zi anglamagan holda maxsus videoilovalardan (qo‘sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta’sir o‘tkazadigan reklama. Yashirin reklama nomaqbul reklama hisoblanadi va uni…

Buxoro viloyati bo‘yicha bandlik dasturi ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida aholi bandligini ta’minlashga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari viloyatlarga tashriflari chog‘ida birinchi galda ishsizlik masalasiga e’tibor qaratib, uni kamaytirishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Bu borada barcha hududlarda manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda Buxoro viloyatida 1 milliondan ziyod mehnatga layoqatli aholi bo‘lib, shundan 76 ming nafari ishsiz. Har…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi fuqaro Sherzod Sheraliyevichning (https://www.facebook.com/groups/332417527943846/posts/856363682215892/) “facebook” ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilgan “BULARNI KIM NAZORAT QILADI. Ushbu rasmlardagi konvuleks 500 mg kapsulasini narx tafovutini qarang. Hozirda ushbu dori vositasi faqatgina Toshkent shahrida bor. Lekin ushbu dori vositasini narxidagi 1 oylik tafovutga qaranglar. Bizni xalqimiz juda ajoyibda ayni nima tanqis…

Rasmiy munosabat

 “Bukhara news” ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan Buxoro shahrida joylashgan “Mega Market” savdo do‘koni tomonidan sotilgan “Lyubimiy” 1 litrlik sok mahsulotni yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa-da, sotilmoqda” mavzuida post qoldirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur  murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda iste’molchi mazkur do‘kondan sharbat mahsulotini xarid qilgan,…

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023-yilda 428-sonli «Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023-yilda 428-sonli «Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda: 2023-yil 1-dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi; 2023-yil 1-dekabrga qadar tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xatlovdan o‘tkaziladi va ular ustidan…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda https:www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7226961280664484 “UZUM MARKET” MChJdan yetkazib berilmagan tovar uchun olingan ortiqcha mablag‘ qaytarilmayapti” mavzuida qoldirilgan murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  quyidagilarni ma’lum qiladi. Qo‘mita tomonidan o‘rganishlar olib borilib, iste’molchi L.E. mazkur MChJning mobil ilovasiga 3 ta tovar uchun elektron to‘lovni amalga oshirgani, ammo  bitta kosmetik vositaning yo‘qligi…