O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, aziz va muhtaram vatandoshlar! Uzoq-yaqindan tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar! Siz, qadrdonlarimni, ko‘pmillatli butun O‘zbekiston xalqini barchamiz sog‘inib kutgan Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etishdan baxtiyorman. Bugun fasllar almashib, yeru ko‘kda ilohiy mo‘jizalar yuz bermoqda. Yangi kun, yangi mavsum, yangi hayot nafasi boshlanmoqda. Tabiat uyg‘onishi bilan zimiston kechalardan zerikkan ko‘ngillar yasharib-yayramoqda. Albatta, bugungi shodiyona…











