O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPЕKA sammitidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi – SPЕKAning ilk sammitini tashkil etish tashabbusi va ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyev nomiga bildirilayotgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Shuni alohida aytib o‘tmoqchimanki, Ozarbayjonning samarali raisligida Dasturimiz doirasidagi mintaqaviy hamkorligimiz mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu…