Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 11 ta tovar bozorida…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 11 ta tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lmagan, lekin bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lgan 66 ta korxonalar aniqlandi va ular ustun muzokara kuchi deb e’tirof etildi. Shu jumladan, Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi avtoturargoh operatorlarining ustun muzokara…

Savdo va transport xizmati sohasida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar Raqobat qo‘mitasi tomonidan batafsil o‘rganilmoqda

Savdo va transport xizmati sohasida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar Raqobat qo‘mitasi tomonidan batafsil o‘rganilmoqda. Murojaatlarni hal etish jarayonida fuqarolar manfaati ustuvor ahamiyat kasb etayotgani natijasida ko‘plab masalalar o‘z yechimini topmoqda. Bu esa, qo‘mita faoliyatining ochiqligi va fuqarolar bilan muloqot samaradorligi ortib borayotganidan dalolat beradi. Jumladan, 🔘Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida istiqomat qiluvchi J.I o‘z uyiga Nukus…

Raqobat qo‘mitasi respublikamizdagi barcha turdagi umumiy ovqatlanish korxonalarini ogohlantiradi

Raqobat qo‘mitasi respublikamizdagi barcha turdagi umumiy ovqatlanish korxonalarini ogohlantiradi Raqobat qo‘mitasiga umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati bo‘yicha iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarda ayrim restoran va kafelarda taomlar narxidan tashqari 10–15 foiz, ba’zan esa 20 foizgacha xizmat haqi qo‘shimcha to‘lov sifatida undirilayotgani hamda avvaldan depozit mablag‘lar talab qilinayotgani haqida fikrlar bildirilgan. Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori “O‘zbekiston Respublikasida umumiy…

Jamoatchilik so‘rovnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «Mobil aloqa xizmatlarini qanday baholaysiz?» mavzusida iste’molchilar fikrini o‘rganish maqsadida jamoatchilik so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. So‘rovnoma natijalaridan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda xizmatlar sifatiga oid takliflarni ishlab chiqishda foydalaniladi. So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/LyTKcrLm1mwFfUjTA So‘rovnoma 1-dekabrga qadar davom etadi.

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalariga ishonch telefonlari orqali fuqarolardan savdo sohasi bo‘yicha tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalariga ishonch telefonlari orqali fuqarolardan savdo sohasi bo‘yicha tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda. Andijon viloyati Hududiy boshqarmaga Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.D. tomonidan murojaat yetib kelgan bo‘lib, ushbu murojaatda “Texnomart” savdo do‘konidan olgan mahsuloti uchun ortiqcha 334 000 so‘m miqdorida to‘lov yechib olinganligi to‘g‘risida shikoyat qilib o‘tgan. Mazkur murojaat…

TAYINLOV

#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Davlatov Ulug‘bek Bahodirovich Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🔘Davlatov Ulug‘bek Bahodirovich 1987-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi. 🔘U 2011-yildan hozirgi vaqtga qadar Raqobat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tizimida joriy yilning 20-dekabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tizimida joriy yilning 20-dekabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi. Mazkur tadbir “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, shuningdek mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilangan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda. Oylikning asosiy maqsadi – korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini oldini olish,…

«Yashil makon» umummilliy dasturi doirasida keng miqyosda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda

«Yashil makon» umummilliy dasturi doirasida keng miqyosda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda Raqobat qo‘mitasi va uning tizim tashkiloti hamda hududiy organlari tomonidan «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» davlat dasturi qo‘llab-quvvatlanmoqda va ko‘kalamzor hududlarni ko‘paytirish borasida shahar va tumanlarda ko‘plab ishlar olib borilmoqda. 🌳 Jumladan, Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing…

Gruziyada Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha IV Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Gruziyada Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha IV Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi Mazkur tadbir Gruziya Raqobat va iste’molchilar agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan bo‘lib, unda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining vakillari ham ishtirok etishdi. Anjumanda bir qator mamlakatlarning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish idoralari rahbarlari, shuningdek, mahalliy va…

IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI

IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Innovabuild” MCHJ tomonidan “City Hills” MCHJning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi. ““Innovabuild” MCHJ va “City Hills” MCHJlar turar joy binolarini qurish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hisoblanadi. Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar tovar bozorida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha…