O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisi va xalqiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugungi yig‘ilish muborak Qurbon hayiti arafasida va ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligi nishonlanayotgan yilda o‘tkazilayotganini…