Germaniyaning German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlik
Germaniyaning German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Raqobat qo’mitasi markaziy appararti va hududiy organlari xodimlari uchun «Loyihalarni boshqarish asoslari» malaka oshirish seminarlari boshlandi. Joriy yilning 28-mayida seminarning birinchi kuniga start berildi. Germaniyalik mutaxassis Aleksandr Burggraf ishtirokida klassik, faol va gibrid loyiha menejmenti metodlari bo’yicha chuqur amaliy darslar bo’lib o’tmoqda.