O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tantanali ravishda topshirdi. – Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir.…