Nosoz avtomobilni ta’mirlatish uchun servisga yuborildi

Ijtimoiy tarmoq orqali “Asossiz ravishda o‘zimga tegishli bo‘lgan avtomobilimni 46 kundan beri ta’mirlab bermasdan ushlab turishibdi” mavzusida murojaat qoldirilgan.  Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.  Raqobat qo‘mitasi  Andijon viloyati  hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda fuqaro X.R. «AVTOGRAND-AND» MCHJdan 24.01.2024-yilda shartnomaga asosan “ADM JIZZAH”da ishlab chiqarilgan HAVAL…

Buyurtmadagi kechiktirilgan mahsulotlarni iste’molchiga yetkazilishi ta’minlandi

Ijtimoiy tarmoq orqali “UZUM MARKET”dan xarid qilingan buyurtmalardan ba’zilari “kechikayotgani”…” yuzasidan murojaat qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘rganishlar jarayonida “UZUM MARKET” MCHJ XK orqali 1 million 350 ming so‘mlik mahsulotlar buyurtma qilingani, ilova bo‘yicha tekshirib ko‘rilganda ushbu mahsulotlar xaridorga yetkazilganligi,  biroq keltirilgan buyurtmalar ichida bir…

Raqobat qo‘mitasi Yevropa Komissiyasi bilan raqobat siyosati va raqamli platformalarni monopoliyaga qarshi tartibga solishda hamkorlik o‘rnatmoqda

Joriy yilning oktyabr oyida Germaniyaning Sparkassen Stiftung tashkiloti ko‘magida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev Bryussel shahrida (Belgiya) Yevropa Komissiyasining Raqobat bo‘yicha Bosh direktoratiga (YEvropa Ittifoqining asosiy monopoliyaga qarshi organi) tashrifni amalga oshirdi va Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqamli platformalarni nazorat qilish bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari Linsi Makkallum xonim va Raqobat siyosati va strategiya…

“DAVR BANK” ATBGA NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “DAVR BANK” ATB tomonidan e’lon qilingan tashqi reklamalarda “Davr mobile ilovasida 50 000 000 so‘mgacha onlayn mikrokredit” mazmunidagi reklama axboroti berilganligi kuzatildi. Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, mikroqarz istalgan maqsadlarda foydalanish uchun ajratilishi, “Davr mobile” ilovasi orqali rasmiylashtirilishi, qarz oluvchi kamida oxirgi 6 oy davomida doimiy ish…

QO‘MITAGA GAZ TA’MINOTI YUZASIDAN QILINGAN MUROJAATLAR HUDUDLAR KESIMIDA

Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan gaz ta’minotiga oid (iste’molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning sifatsizligi, suyultirilgan gazni muddatida yetkazilmaslik, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun asossiz qarzdorlik hisoblash, tabiiy gaz hisoblagich uskunasini o‘rnatish va davlat qiyoslovidan o‘tkazish) 1500 ga yaqin e’tirozli murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, Qo‘mita ushbu yo‘nalishda respublikaning hududlar kesimida iste’molchilarning qonuniy huquq manfaatlarini himoya qilib kelmoqda. Jumladan, Jizzax viloyati…

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yandex EATS” MChJ XK “Express24 APP” MChJ aktivlarini sotib olish bitimi to‘g‘risida axborotlar tarqalgan bo‘lib, bu haqida Raqobat qo‘mitasidan rasmiy bayonot berilishi so‘ralgan.

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuning 26-moddasiga asosan, iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish xo‘jalik yurituvchi subyektni qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish orqali qayta tashkil etishda hamda shaxs yoki shaxslar guruhi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortig‘ini tasarruf etish yoxud mas’uliyati cheklangan jamiyatning yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan…

“YandexGo UB” MChJ,“Yandex Eats” MChJ XK hamda“Express24 APP” MChJlar ustun mavqega (monopol) ega raqamli platforma operatorlari sifatida e’tirof etildi

Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan taksi agregatori xizmatlari bozorida “YandexGo UB” MChJ hamda tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida “YANDEX EATS” MChJ XK, “EXPRESS24 APP” MChJ (Express24 xizmati)larni ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari deb e’tirof etildi. Asos: “YANDEX EATS” MChJ XK va “YANDEXGO UB” MChJlarning bu…

O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Filipp Yan bilan uchrashuv

Joriy yilning 25-oktabr kunida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlar markazi O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Filipp Yan bilan uchrashdilar. Ushbu uchrashuvda Qo‘mita raisi X.Turaxujayev, rais o‘rinbosari F.Karabayev, Markaz direktori O.Jumayev, direktor o‘rinbosari G‘.Xoljigitov, hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘arma tomonidan jamg‘armaning…

«INNOVATSIYALARNI RAG‘BATLANTIRISHDA RAQOBAT HUQUQI VA INTELLEKTUAL MULK HUQUQINING ROLI» MAVZUSIDA O‘QUV SEMINARI

Qo‘mita rahbariyatining Germaniyaga qilgan tashrifining amaliy natijalaridan biri sifatida 2024-yil 23-oktyabr kuni Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan jahonning eng ilg‘or “g‘oya markazlaridan” biri hisoblanadigan Maks Plank nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining Innovatsiyalar va raqobat Instituti bosh tadqiqotchisi doktor Darya Kim ishtirokida Qo‘mita xodimlari uchun raqobat siyosati, intellektual mulk va raqamli platformalar hamda sun’iy intellekt masalalarni o‘z ichiga qamrab…