“YANDEXGO UB” MChJ OGOHLANTIRILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “YANDEXGO UB” MChJ ustun mavqega ega raqamli platforma operator sifatida e’tirof etilgan. Bugungi kunda Yandex Go platformasida taksida yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlari oshishi kuzatilmoqda va ushbu holat yuzasidan iste’molchilardan Qo‘mitaga murojaatlar kelib tushmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan platformaning dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilinganda narxlar dinamikasida keskin o‘zgarish kuzatilganligi aniqlandi.…