O‘zbekiston Prezidenti Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari Eron zaminida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Do‘stona suhbatda tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish…