Fuqaroga avia chipta uchun to‘langan pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro G.R. murojaatida, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sayohat agentligi orqali Panama Respublikasining Managua shahriga ishlash maqsadida 28 988 000 so‘m pul mablag‘i to‘lov qilib avia chipta sotib olganligi, biroq jamiyat tomonidan aldov yo‘li bilan u davlatga Olmaota-Istanbul orqali…

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga

Hurmatli sportchi va murabbiylar!  Qadrli farzandlarim!  Avvalo, Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritganingiz bilan siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarning jonajon O‘zbekistonimiz sharafini himoya qilish yo‘lida keskin kurash olib borib, ulkan yutuqlarga erishganingiz, hech shubhasiz, barchamizni, ko‘p millatli xalqimizni cheksiz quvontirdi. Bepoyon qit’amiz miqyosida har to‘rt yilda…

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifini yakunladi va Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo,…

BESHINCHI TAF!23 TOSHKENT REKLAMA FESTIVALI G’OLIBLARI ANIQLANDI.

Kreativ yondashuvlar, hayajonli onlar, qilingan mehnatlar samarasi, Beshinchi TAF!2023 Toshkent reklama festivalining, g’oliblarini taqdirlash marosimi anashunday onlar bilan boshlandi. Toshkent reklama festivali – bu har yilgi xalqaro professional loyihalari bo‘lib, unda festival ishtirokchilari reklama va marketingning asosiy tendensiyalari bilan tanishtiriladi va g’oliblar aniqlanadi. “2023-yil reklamasi” tanlovi 8 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi. 2023-yil TV reklamasi; 2023-yil…

Beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali

📣 Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Toshkent reklama festivaliga start berildi. 🏆🎊 Festival doirasida xalqaro konferensiya, TAF!23 tanlovi va “2023-yil reklamasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi. 🌐 Festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Armaniston va mahalliy brend va agentliklar vakillari, tanlovda qatnashuvchi 310 ta keys…

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi. Teleko‘prik tarzida o‘tgan marosimda davlatimiz rahbari energetika sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston…

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Keng ko‘lamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashildi. Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining bosh konsulxonasini ta’sis etish, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini o‘zaro tan olish, “Agroekspress” tezkor…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati Raisi bilan muzokara o‘tkazdi

Rasmiy tashrif bilan Moskvada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuv Rossiya Hukumatining Muvofiqlashtirish markazida bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari uchinchi Hududlararo hamkorlik forumi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o‘tkazilgani, uning yakunida ikki mamlakat hududlari o‘rtasida 3,5…

O‘zbekiston Prezidenti Moskvadagi Aleksandr bog‘ida gul qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif dasturining ikkinchi kunida Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi. Kreml devorlari yonida joylashgan ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasida mardlarcha jang qilgan va halok bo‘lgan millionlab askarlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan, ajdodlarimiz jasorati va matonati ramzidir. O‘zbekiston Prezidenti yodgorlikka gulchambar qo‘yib, insoniyatning…