Iste’molga yaroqsiz mahsulotlar rastalardan olib tashlanishiga erishildi
Savdo shoxobchalarida sotilayotgan qandolat mahsulotlarining ba’zilarida ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va saqlash tartiblari haqida ma’lumot berilmaydi. Iste’molchi esa tanlashda shoshib e’tibor qilmasdan tashqi ko‘rinishiga qarab xarid qilaveradi. Yoki do‘kon sotuvchisining “yaqinda keltirildi, mazasiga gap yo‘q, olavering” degan gapiga ishonadi. Iste’molchi Toshkendagi “Shodimurotova M.O.” YaTTdan xarid qilgan “Yulduzli” to‘plamidagi mahsuloti bilan shunday bo‘ldi. “East Star…