NOSOZ AVTOMASHINA YANGISIGA ALMASHTIRILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga G‘uzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.A. Qarshi shahrida faoliyat olib boradigan “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJdan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan. Fuqaro N.A. 2022-yil 26-dekabrda “QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MChJ bilan TRACKER-2 TRK Premier rusumli avtomashinasini olish uchun shartnoma imzolagan. Shartnoma shartlariga asosan, avtomashina o‘z vaqtida yetkazilgan bo‘lsada,…

M.Sultanovaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ular qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, farzandlarimizni ezgu g‘oyalar, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy…

A.Saksanovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, tadbirkorlik sohasida ko‘plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, ijtimoiy masalalarni hal etishda jonbozlik ko‘rsatayotgani, xususan, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, har tomonlama  sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlaridagi katta xizmatlari,  yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat…

Maktablarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar…

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati…

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lash kabi ezgu maqsadlar yo‘lidagi katta xizmatlari, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish,…

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy…

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh chet el investorlarini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, samarali innovatsion loyihalar va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, respublikamizdagi keng qamrovli islohotlar va demokratik o‘zgarishlarni, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni…

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarimizni ona…

O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni AQSH Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Geri Pitersni qabul qildi. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda amaliy hamkorlikni, eng avvalo, ikki mamlakatning parlamentlararo muloqoti doirasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro aloqalar va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki tomonlama…