Rasmiy munosabat

Ijtimoiy  tarmoqda “Natriya gidrokarbonat dori vositasini 3 oy oldin 4 000 so‘mga xarid qilganligi, hozirgi kunda ushbu dori vositasini 105 000 so‘mdan “MUZAYANA FARM” MChJ tomonidan sotilmoqda” ( https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7204859109541368) deb nomlangan shikoyat yuzasidan  olib borilgan o‘rganishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Mazkur masala “MUZAYANA FARM” MChJni jalb etgan holda…

Rasmiy munosabat

ELT UZ telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali “Chilonzordagi uyimiz haliyam bitmadi. Dodimizni hech kim eshitmayotir. Biz fuqarolarga kimdir yordam beradimi?” mavzuida Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaatida keltirilgan masala yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda “AST LIDER” MChJ bosh pudratchi bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy shahrida…

Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bugungi kunda Toshkent shahrida yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni tashkil qilmoqda. Ko‘plab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Shunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor. Urbanizatsiya…

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general Asim Munir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida yuqori darajali mehmon davlatimiz rahbariga Pokiston Prezidenti Orif Alviy va Bosh vazir vazifasini bajaruvchi…

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

O‘zbekiston madaniyati va san’ati og‘ir judolikka uchradi. Milliy qo‘shiqchilik san’atimizning atoqli namoyandasi, ustoz san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev shu yil 4-sentabr kuni 77 yoshida vafot etdi. Sherali Jo‘rayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ildi.1971 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ni tamomlab, mehnat faoliyatini “Shodlik” ashula…

Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari va Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining 1-Sammiti

Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari va Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining 1-Sammiti Joriy yilning 4-sentabr sanasida Seul shahrida (Koreya Respublikasi) bo‘lib o‘tayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari, Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining 1-Sammiti doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov o’z taqdimoti bilan ishtirok…

ASOSSIZ RAVISHDA UNDIRILGAN KADASTR TO‘LOVLARI QAYTARIB BERILISHI TA’MINLANDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining og‘ir hududlari hisoblangan Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Sho‘manoy va Mo‘ynoq tumanlarida 2019-yildan 2023-yilning 1-choragi holatiga yangidan qurilgan ko‘p qavatli turar joylar bo‘yicha isteʼmolchilarga kadastr hujjatlari ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi bo‘yicha Davlat kadastrlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasidan maʼlumotlarni so‘rab olish yo‘li bilan o‘rganish ishlari…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i qachon “insof” ko‘chasiga keladi?” mavzusida qoldirilgan murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari: tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar)…

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida” Idoraning qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (https://regulation.gov.uz/oz/d/85462)ga joylashtirilganligini ma’lum qiladi. Muhokamalar 2023-09-04 dan 2023-09-19 gacha davom etadi. Loyiha IDsi: 85462 Hurmatli jismoniy va yuridik shaxslar…

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasiga oʼzgartirishlar kiritish haqida” Idoraning qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (https://regulation.gov.uz/oz/d/85460)ga joylashtirilganligini ma’lum qiladi. Muhokamalar 2023-09-04 dan 2023-09-19 gacha davom etadi. Loyiha IDsi: 85460 Hurmatli jismoniy va yuridik shaxslar keng jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok eting!