Prezidentlar Xivaning tarixiy obidalari bilan tanishdi
Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev hamrohligida qadimgi Xivaning Ichan-qal’a majmuasi tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. “Ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahardir. Bu erda 120 dan ortiq me’moriy obidalar joylashgan. 1990-yilda Xiva shahri YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, 1997-yilda uning 2500-yilligi…














