Rasmiy munosabat
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Media24.uz” ning “Telegram” rasmiy kanalida 2023 yil 29 aprel kuni “Sport” telekanalida joylashtirilgan “TBC” bank reklamasiga oid e’tirozi (https://t.me/media24uz/2380) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan reklamadan foydalanuvchilarga qaratilgan va reklama…













