ISTE’MOLCHILAR MOLIYAVIY SAVODXONLIGI BO’YICHA YANGI LOYIHA

Raqobat qo‘mitasi tomonidan German Sparkassenstiftung for International Cooperation (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va aholining moliyaviy savodxonligini yanada oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot materiallari tayyorlanmoqda. Dastlabki loyiha aholining kundalik hayotida eng ko‘p duch keladigan masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda iste’molchilar uchun muhim bo‘lgan ma’lumot va tavsiyalar keltirilgan. Xususan,  bank plastik kartalaridan to‘g‘ri foydalanish;  himoya…

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  26-yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar. Mamlakatlarimiz…

Maktab ta’limi sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatimizda 10 ming 284 ta maktab bor. So‘nggi yillarda ulardagi sharoitlarni yaxshilash, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Maktablarni yiliga o‘rtacha 400 ming o‘quvchi bitirayotgan bo‘lsa, ularning 170 ming nafari ta’limni davom ettirmoqda. Rivojlangan davlatlarda 50 foizdan ziyod bitiruvchilar professional…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://t.me/potrebitel_bukhara/125665) “Buxoro  shahridagi savdo shoxobchasidan xarid qilingan qandolat mahsulot uchun 141 000 so‘m o‘rniga kassada 181 000 so‘m hisoblab olib qolingani” mavzuida post qoldirilgan. Mazkur murojaat Raqobat rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilganda  fuqaro   joriy yilning 17 yanvar kuni taxminan soat 13:00 da do‘kondan…

SAVOL: – TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?

Fuqarodan savol: – Tabiiy monopoliya subyektlarining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? Mutaxassis javobi: Tabiiy monopoliya subyektlarining huquq va majburiyatlari Tabiiy monopoliya subyektlari quyidagi huquqlarga ega: – realizatsiya qilingan tovarlar uchun haq to‘lanishini ta’minlamayotgan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni qonunchilikda belgilangan tartibda rad etish; – tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilinadigan tovarlarning narxlarini (tariflarini) vakolatli davlat organini xabardor qilgan…

O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga samarali uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlarga boy bo‘lgan davlat tashrifi o‘z yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari 24-yanvar kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. So‘ng yetakchilar Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi. Tashrifning birinchi kunida ushbu mamlakat Davlat kengashi Bosh vaziri Li…

ASOSSIZ QARZDORLIK BEKOR QILINDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga ichimlik suvi, unga hisoblagichlarni o‘rnatish va qiyoslovdan o‘tkazish, shu bilan bir qatorda asossiz qarzdorliklar  mazmunidagi ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Xususan, qo‘mitaning Xorazm viloyat hududiy boshqarmasiga Urganch  shahrida yashovchi fuqaro Yo.I. tomonidan qoldirilgan murojaat ham aynan kommunal sohasiga tegishli.Murojaatda fuqaro foydalanilgan ichimlik suvi uchun …

O‘zbekiston Prezidenti Jizzax viloyatida elektromobillar ishlab chiqarishga start berdi

Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi. Ushbu kompaniya zamonaviy innovatsion avtomobillar va yangi avlod akkumulator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global peshqadamdir. Tashrif chog‘ida kompaniya yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma, avtomobillar va boshqa turdagi texnikalarning ishlab chiqarilayotgan va istiqbolli modellari, kompaniyaning…

“CSG” kompaniyasi bilan birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shenchjen shahriga tashrifi doirasidagi navbatdagi uchrashuv “CSG” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Men Chjenpin bilan bo‘ldi. Xitoyning elektr tarmoqlari sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri “CSG” tarmoqlarni qurish va boshqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 60 milliard dollarni tashkil etadi. Uchrashuvda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoy kompaniyasi ishtirokida loyihalashtirish va…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning “SANY” kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik rejalarini ko‘rib chiqdi

Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida “SANY” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Syan Venboni qabul qildi. “SANY” shamol turbinalarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi 10 ta kompaniya qatoriga kiradi. Shamol energetikasi qurilmalarini ishlab chiqarish va sotishga, shamol elektr stansiyalarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va boshqarishga ixtisoslashgan. Uchrashuvda kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol elektr…