Prezidentlar poytaxtimizdagi Texnopark faoliyati bilan tanishdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmonga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, jumladan, Janubiy Koreyaning «Samsung Electronics» kompaniyasi texnologiyasi asosida tayyorlanayotgan texnika namunalari namoyish etildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollar…











