Joriy yil 22-iyul kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) mutasaddi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil 22-iyul kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) mutasaddi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Raqobat qo‘mitasiga texnik ko‘mak taqdim etilishi yuzasidan Qo‘mita hamda TIKA o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, ushbu uchrashuvda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “AVO BANK” AJGA NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasiga “AVO Bank” AJ (raqamli bank) ko‘rsatayotgan xizmatlari haqida noto‘g‘ri reklama tarqatayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Xususan murojaatda, bank saytining “AVO bonuslari” sahifasidagi reklama axborotlarida “250 000 so‘m Har bir yangi mijozga”, “+250 000 so‘m Sizga va Avoning har bir yangi mijoziga”, “Hisobingizga 250 000 so‘m olish” va “Kartaga 250 000 so‘m olish” kabi…

BEMORLARGA METROLOGIK TEKSHIRUVDAN O‘TKAZILMAGAN TIBBIY SINASH VA O‘LCHASH VOSITALARI QO‘LLANILGAN HOLDA 200 MLN SO‘MDAN ORTIQ XIZMATLAR KO‘RSATILGAN

Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalaridagi tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi holati va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilishi holati tahlil qilindi. O‘rganish hududdagi 3 ta tibbiyot muassasasi – Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali, Respublika Ixtisoslashgan…

NAMANGAN VILOYATIDAGI 10 TA TUMAN HOKIMLIKLARI QABUL QILGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARIDA “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARIGA ZID HOLATLAR ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yilning birinchi yarmi mobaynida 10 ta tuman hokimliklarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari ijrosi yuzasidan jami 4214 ta normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Mazkur o‘rganishlar jarayonida, Mingbuloq, Kosonsoy, Pop, Norin, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chust, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tuman hokimliklarida tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga…

DAVLAT XARIDLARIDA RAQOBATNI TA’MINLASH

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida davlat buyurtmachilari tomonidan  tovar, ish, xizmat va qurilish sohalarida o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 6,065 trln so‘mlik bo‘lgan 9 322 ta tanlov (tender) savdolari yuzasidan olib borgan tahlillari natijasida 5 153 ta (55,2 %) savdo jarayonida 6 611 ta raqobatga zid harakatlar aniqlandi. Jumladan, – tovar moddiy boyliklar xaridi bo‘yicha buyurtmachilar tomonidan amalga…

E’LON!

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning birinchi yarim yilligida davlat xaridlari bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar yuzasidan 2024-yil 19-iyul kuni soat 12:00 da AOKA binosida brifing bo‘lib o‘tadi. Mavzu: “Davlat xaridlarida raqobatni ta’minlash” Raqobat qo‘mitasi rais maslahatchisi – axborot xizmati rahbari Otabek Usmonov ma’lumot berib o‘tadi (“O‘zbekiston” va “UzReport TV” telekanallari, AOKAning…

QO‘SHIMCHA AXBOROT

Raqobat qo‘mitasi “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi “IPOTEKABANK” ATIB sahifasida bank tomonidan joriy qilingan “Super” nomli omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 26 foizdan ekanligi haqida joylashtirilgan reklamaning qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari borilayotganligini ma’lum qilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/8941) Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish…

QO‘SHIMCHA AXBOROT

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilganiligi va o‘rganish ishlari olib borilayotganligi bo‘yicha ma’lum qilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/8926) Ushbu ish yuzasidan Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil…

SAMARQAND VILOYATIDAGI 11 TA TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING QABUL QILGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARI “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARIGA ZID EKANLIGI ANIQLANDI

Joriy yilning II chorak yakunida Raqobat qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi hamda raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan hujjatlarning qabul qilinishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Samarqand viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari (Ishtixon, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut,…

QO‘MITA MUTAXASSISLARI QOZOG‘ISTONDA XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDALAR

Joriy yilning 16-18-iyul kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida AQShning Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) hamkorligida tashkillashtirilgan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mutaxassislari ham ishtirok etmoqdalar. Uchrashuvda soha mutaxassislari kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shni respublikalar ekspertlari bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashmoqdalar.