SAVOL: Televideniyeda beriladigan reklamalarga qanday talablar belgilangan?

FUQARODAN SAVOL: – Televideniyeda beriladigan reklamalarga qanday talablar belgilangan? MUTAXASSIS JAVOBI: 27-modda. Televideniyedagi reklama Telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning (shu jumladan teledo‘kon reklamasi kabi reklamaning) umumiy davomiyligi ko‘rsatuv vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada ko‘rsatuv vaqtining o‘n besh foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan telekanallarga…

Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilangan. Aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’limda qamrov 27 foizdan 74 foizga yetdi. Yangi maktablar qurilib,…

ISTE’MOLCHI HUQUQLARI SUD TARTIBIDA HIMOYA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z faoliyatida raqobatni ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud instansiyalarida faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaroning 2023-yil dekabr oyida “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 9 711 050 so‘m asossiz qarzdorlik belgilanganidan norozi bo‘lib, mazkur qarzdorlikni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi…

Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalari hamda davlat organlari va tashkilotlarining qarorlarini raqobat muhitiga ta’sirini baholash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Raqobat qo‘mitasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari doirasida “ex-ante” usulida — normativ-huquqiy hujjat loyihasining raqobatga ta’siri hamda “ex-post” usulida — amaldagi normativ-huquqiy hujjatning raqobatga ta’siri baholab kelinmoqda. Qonunchilik hujjatlarini “ex-ante” usulida raqobatga ta’sirini baholash bo‘yicha 2023–yil davomida 614 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shundan 22 tasi mahalliy hokimlik…

E‘LON!

2024-yil 2-fevral kuni soat 14:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalari hamda davlat organlari va tashkilotlarining qarorlarini raqobat muhitiga ta’sirini baholash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar” Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi («O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi…

Qishloq xo‘jaligi eksportini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik va oziq-ovqat tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 2023-yilda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz o‘sgan. Bu sohadagi eksport qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan. Lekin mavjud salohiyat bundan ancha yuqori. Shu bois davlatimiz rahbari 18 yanvar kuni eksport va sanoat masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilikka doir vazifalarni ham ko‘rsatib o‘tgan edi.…

Metallurgiya sohasidagi rejalar haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o‘rin tutadi.  So‘nggi yillarda bu to‘rtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritildi. Buning natijasida oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush…

SAVOL: – Iqtisodiy konsentratsiya ustidan qanday hollarda davlat nazorati olib boriladi?

FUQARODAN SAVOL: – Iqtisodiy konsentratsiya ustidan qanday hollarda davlat nazorati olib boriladi? MUTAXASSIS JAVOBI: 26-modda. Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish orqali vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: -xo‘jalik yurituvchi subyektni qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish orqali qayta tashkil etishda; -shaxs yoki shaxslar guruhi…

INSOFSIZ RAQOBAT SOHASIDA 2023 YIL DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra  insofsiz raqobat bu – xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan…