Qo‘mita tomonidan 2024-yil davomida avtomobillar bilan bog‘liq mingdan ortiq murojaatlar ijobiy hal etildi

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolardan avtomobillar, ularni sifati, yetkazib berish muddatlarining kechikishi, ehtiyot qismlaridagi nosozliklar va ularni kafolat muddatida ta’mirlashda muammolar yuzaga kelayotgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Hududlar kesimida murojaatlardan ayrim misollar Xorazm viloyati Hududiy boshqarmaga Yangiariq tumanida yashovchi S.M.ning o‘z turmush o‘rtog‘i nomiga “Avto-Layner Xorazm” MChJ bilan shartnoma bo‘yicha “Gentra” rusumli…