Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashabbusi bilan German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talablari uchun moliyaviy savodxonlikka qaratilgan o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Qarshi Muhandislik va iqtisodiyot instituti talabalari uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarda, moliyaviy savodxonlik to‘g‘risidagi asosiy qoidalari bo‘lgan daromad va xarajatlarni rejalash, mablag‘ni jamg‘arish, qarzni aql bilan olish, taqqoslash va tahlil qilish, daromad va xarajatlarni rejalashtirish, mablag‘larni jamg‘arish hamda bank kreditlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

7,2 MLRD SO‘MLIK TENDYER SAVDOLARI IXTIYORIY RAVIShDA BEKOR QILINDI

Raqobat qo‘mitasi respublikamizning hududlar kesimida (Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan,Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga va murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib bormoqda. Jumladan, Buxoro viloyati misolida Jondor tuman tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik; Farg‘ona viloyati misolida Quva tuman…