Raqobat qo‘mitasi respublikamizning hududlar kesimida (Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan,Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga va murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib bormoqda.
Jumladan,
Buxoro viloyati misolida
Jondor tuman tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik;
Farg‘ona viloyati misolida
Quva tuman Tibbiyot birlashmasining 2 ta 340 mln so‘mlik;
Andijon viloyati misolida
Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyining 212 mln so‘mga yaqin;
Jizzax viloyati misolida
Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax filialining 318 mln so‘mdan ortiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida
Nukus shahar “Qum ovul” MFYning 257 mln so‘mga yaqin;
Sirdaryo viloyati misolida
«Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi» DMning 3 ta 4,2 mlrd so‘mga yaqin;
Navoiy viloyati misolida
Navoiy viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 3 ta 1,1 mlrd so‘mlik;
Namangan viloyati misolida
Namangan tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 309 mln so‘m ortiq;
Toshkent viloyati misolida Bekobod shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 283 mln so‘mga yaqin
bo‘lgan eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan. Shuningdek, tahlil qilingan davlat xaridlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi.
Raqobat qo‘mitasining o‘rganish natijalariga ko‘ra, yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida buyurtmachilar tomonidan tanlov savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilingan.